Samarqandda qo‘lbola aroq yasab sotgan fuqarolar ushlandi
- 04.03.2019 11:46
- 825
- Jinoyat va jazo
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Quyi Xo‘jasoat mahallasida fuqarolar K.P va G‘.M. qo‘lbola usulda yasalgan 255 dona “Juravli” va “Filatov” aroqlarini 2.272.500 so‘mga sotgan vaqtda ushlandi, deb xabar bermoqda boshqarma axborot xizmati.
Tezkor tadbir davomida ushbu shaxslarning yashash uyidan aroq mahsulotlari va ularni yasashga mo‘ljallangan asbob-uskunalar, yorliqlar topilib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan K.P va G‘.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Teglar:
spirtli ichimlik
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!