Samarqandda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha test sinovlari boshlandi
Samarqand davlat tibbiyot universitetiga qo‘shma ta’lim dasturlari asosida qabul qilinadigan abituriyentlar uchun kirish imtihonining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Test sinovlarida abituriyentlarga chet tili (rus tili) fanidan 30 ta test topshirig‘i va topshiriqlarini bajarish uchun 1 soat vaqt ajratildi.
Davlat test markazi Samarqand viloyati bo‘limining Zarnews.uz’ ga ma’lum qilishicha, navbatdagi test sinovi ertaga, Samarqand davlat universiteti va Samarqand davlat chet tillar institutlariga qo‘shma ta’lim dasturlari asosida qabul qilinadigan abituriyentlar uchun bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz: Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qishga kirgan talabalar institutda va xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasasida ham tahsil oladi. Ularga ikki tomonlama diplom beriladi.