Samarqandda soliq to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.N. boshqa fuqarolar J.P., S.I. hamda B.A.larning ishonchiga kirib, ularni Koreya Respublikasiga ishga yuborish bahonasi bilan fuqarolik pasportlarini qo‘lga kiritib, ularning ta’sischiligida “N.C.” MChJni tashkil etib, 2019 yilning iyul-avgust oylarida 7,4 milliard so‘m tovar aylanmasini amalga oshirib, tovar aylanmasini hisobotlarida kamaytirib ko‘rsatish orqali 1,4 milliard so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganliklari hamda “Paynet” xizmatidan tushgan 4,2 milliard so‘m naqd pul mablag‘larini bank muassasasiga topshirmaganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.