Samarqandda stol tennisi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida respublika chempionati bo‘lib o‘tmoqda

Bugun Samarqand shahridagi sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashgan sport maktabida stol tennisi buyicha 15 yoshli o‘smir qiz va o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslariga start berildi.

Musobaqada respublikamizning barcha xududlaridan 160 nafardan ortiq sportchi mamlakat chempionligi uchun kurashmoqda. Bahslar 27 avgustga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa g‘oliblari terma jamoa tarkibiga saralab olinadi va xalqaro turnirlarda ishtirok etish imkonini beradi.
Musobaqada 23 nafar samarqandlik sportchi ishtirok etmoqda.