Samarqandda suyultirilgan gaz sotishdan tushgan mablag‘larni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Samarqandtumangaz” bo‘limi SUG xizmati moddiy javobgar shaxslari 221 million so‘mlik suyultirilgan gazni sotishidan tushgan mablag‘larni kirim qilmasdan, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan terovga qadar tekshiruvda, “Urguttumangaz”ning suyultirilgan gaz xizmati boshlig‘i U.B. va boshqalar 115,9 million so‘mlik suyultirilgan gazni sotishdan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.