Samarqandda tadbirkorlikka ishtiyoqmand yoshlar qanday qo‘llab-quvvatlanayapti?

Biznes loyihalari uchun 6 431 nafar yigit-qizlarga 150 mlrd. so‘m, shundan 553 nafar "Yoshlar daftari"ga kiritilganlarga 11,9 mlrd. so‘mlik kredit ajratilgan.

Bundan tashqari, 50 ta loyihaga 31 mlrd. so‘m kredit ajratish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 20 nafar yoshlarning startap loyihalari uchun 2 mlrd. 269 mln. so‘m hamda “Yosh innovatorlar” forumi doirasida “Xakaton” musobaqasida g‘olib bo‘lgan 5 nafar loyiha tashabbuskorlariga 25 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan.

Startap loyihalar uchun ajratilgan 1 mlrd. so‘m mablag‘ni olish uchun 75 ta loyiha taqdimot jarayonida turibdi.