Samarqandda tashxislash va davolash markazi shay holatga keltirildi

Samarqandda Covid-19 bilan kasallanganlarni davolash uchun yana bir tashxislash va davolash markazi tayyor bo‘ldi.

Ayni paytda mazkur markazda bemorlar yo‘q. Ammo kasallik ko‘payib ketishi ehtimolini hisobga olgan holda tayyorlangan mazkur markazda ayni paytda davolash ishlarini amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

2-son maxsus taqsimlash davolash markazi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unda 6 ta reanimatsiya (50 o‘rinli), nefrologiya, nevrologiya, endokrinologiya, kardiologiya va intensiv davolash bo‘limlari mavjud.

Bemorlar uchun zarur dori-darmon, gigiyena vositalari keltirilgan. Tibbiyot xodimlari uchun maxsus tibbiyot vositalari shay holatda.

30 ta kardiomonitor, 30 kislorod konsentranti, 17 sipap, 6 IVL, 1 difibilyator, portativ rentgen, UTT, EKG apparatlari, kompyuter va noutbuklar keltirilib, muassasada yagona aloqa tizimi tashkil etildi. Shuningdek, 28 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatildi. 10 ta nogironlik aravachasi, 20 sanitar aravacha, 20 ta muolaja aravachasi, 30 ta kuller kabi zarur anjomlar keltirilgan.

Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.

***

Baxtiyor Mustanov olgan suratlar.