Samarqandda telegramdagi guruh orqali fuqarolarni "ilintirgan" firibgar qo‘lga olindi
- 02.02.2024 17:53
- 303
- Jinoyat va jazo
DXX viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir davomida fuqarolarni xorijga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Xususan, Samarqand shahrida yashovchi F.F. "Telegram" messenjeridagi guruh orqali mahalliy fuqarolarni firibgarlik yo‘li bilan Isroil davlatiga ishga joylashtirish va ketish xarajatlarini ish turiga qarab har bir shaxs uchun 3,5 ming dollardan 18 ming dollargacha pullarni talab qilib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida F.F. mahalliy fuqaroni firibgarlik yo‘li bilan Isroil davlatiga jo‘natish maqsadida 6 000 dollar pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro F.F.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.