Samarqandda triatlon bo‘yicha “Challenge Samarkand-2024” xalqaro musobaqasi o‘tkaziladi

Keyingi yillarda Samarqandda triatlon bo‘yicha Osiyo, jahon chempionati va xalqaro musobaqalarning o‘tkazilishi jahon triatlon reytingida mamlakatimizning munosib o‘rin egallashiga hamda yurtimizga sayyohlar oqimining ko‘payishiga xizmat qilmoqda.

Jumladan, Samarqand joriy yilning 7-8 sentyabr kunlari triatlon bo‘yicha "Challenge Samarkand" xalqaro musobaqasiga yana bir bor mezbonlik qiladi. 2023 yilning 16-17 sentyabr kunlari Samarqandda “Challenge Samarkand” xalqaro triatlon musobaqasi ilk bor o‘tkazilgan edi. Ushbu musobaqa har yili dunyoning bir qator davlatlarida "Challenge Family” brendi ostida 50 mingdan ziyod ishtirokchini jamlaydi.
O‘zbekiston triatlon federatsiyasi, sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, viloyat hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar ko‘magida o‘tgan yil Samarqandda tashkil etilgan nufuzli musobaqada dunyoning 35 ta davlatidan kelgan 2000 nafarga yaqin sportchil 1,9 kilometrga suzish, 86 kilometr velosiped, 21,5 kilometr yugurish yo‘nalishlarida bellashgan.
Bu yil ham musobaqada 40 ga yaqin mamlakat triatlonchilari qatnashishi kutilmoqda va musobaqaning asosiy qismi Samarqand eshkak eshish kanali hududida o‘tkaziladi.