Samarqandda triatlon bo‘yicha mamlakat kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi

Samarqand eshkak eshish kanalida sportning triatlon turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan 100 nafardan ortiq sportchilar qatnashdi.

Triatlonchilar suzishda 750, 1500 metr, velopoygada 20 va  40 kilometr, yugurishda 5 va 10 kilometr masofalarni uzluksiz, ketma-ketlikda bosib o‘tishdi.

Murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida Toshkent shahri jamoasi 1-o‘ringa loyiq ko‘rildi. Ikkinchi o‘rinni Navoiy viloyati vakillari egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Qashqadaryo viloyati jamoasi qo‘lga kiritdi.

Husan ELTOYeV.