Samarqandda viloyat hokimi olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida viloyat hokimi olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda. Yoshlar oyligi doirasida tashkil etilgan ushbu olimpiadaga tuman (shahar)lardan iqtidorli 10-11-sinf o‘quvchilari jalb qilingan.

Har bir oliy ta’lim muassasasi o‘zlariga biriktirilgan fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning bilimini sinovdan o‘tkazyapti. Masalan, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti ona tili va adabiyot, o‘zbek tili fanlaridan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti kimyo fanidan, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti matematika fanidan o‘quvchilardan imtihon olyapti. Qolgan fanlardan ham biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarida jarayonlar davom etyapti.

Test savollari har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan tayyorlangan.

Imtihon jarayonlari shaffof o‘tishini ta’minlash uchun viloyat hokimi olimpiadasini ota-onalar va o‘qituvchilar onlayn kuzatib borish imkoni ham yaratilgan.