Samarqandda yana 15 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi
- 10.07.2020 10:09
- 1759
- COVID-19
2020 yil 10 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 723 (+159) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 78 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 29 nafari Toshkent shahrida, 10 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Xorazm viloyatida hamda yana 5 nafari Jizzax viloyatida aholi orasida, 17 nafari Navoiy viloyatida va 15 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 7 287 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 4 384 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 42 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi.