Samarqandda yana 26 kishida koronavirus aniqlandi, 34 nafar bemor sog‘aydi

Bugun ayni paytga qadar mamlakatimizning 7 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 482 nafari sog‘aydi.

Jumladan, bemorlarning 324 nafari Toshkent shahrida, 87 nafari Toshkent viloyatida, 34 nafari Samarqand viloyatida, 20 nafari Buxoro viloyatida, 8 nafari Surxondaryo viloyatida, 7 nafari Andijon viloyatida, 2 nafari Farg‘ona viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Shunday qilib, ayni paytda yurtimizda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 32 062 nafarga, sog‘ayish ko‘rsatkichi esa 88 foizga yetdi.

2020 yil 18 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 36 352 (+252) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 222 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Samarqand viloyatida hamda 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 67 yoshli M.Yu. (ayol) hamda Angren shahrida yashagan 61 yoshli M.G. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytga qadar yurtimizda 32 062 (+482) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 88 foizga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 4 048 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.