Samarqandda yana 5 ta tonnel quriladi
- 02.09.2020 21:30
- 1653
- Samarqand
Ayni paytda Bo‘stonsaroy va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida tonnel qurilmoqda. Mazkur ish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi qarori asosida olib borilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu Samarqand shahrida yer osti avtomobil yo‘li qurishning 1-bosqichi hisoblanadi.
Keyingi bosqichda yana beshta hududda shunday bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi.
Ulardan biri Mirzo Ulug‘bek va Gagarin ko‘chalari kesishmasida barpo etiladi. Shuningdek, Ibn Sino va Dahbed ko‘chalari kesishmasida, Rudakiy va Gagarin ko‘chalari kesishmasida, Sadriddin Ayniy hamda Termiz ko‘chalari kesishmasida tonnellar qurilishi rejalashtirilgan.
M-37 avtomagistral avtoyo‘lining 27 kilometri va 4R-46 avtoyo‘li kesishmasida ham transport vositalari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- 3 soat avval
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa