Samarqandda yana bir lavozim o‘zgarishi ma’lum qilindi

Viloyat hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Asqar Umarov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu lavozimga shu kunga qadar Samarqand viloyati Bandlik Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Isroil Jabborov tayinlandi.

1982 yil Urgut tumanida tug‘ilgan I.Jabborov 2006-2020 yillar davomida viloyat va Urgut tuman hokimliklarida faoliyat olib borgan.