Samarqandda yana bir xalqaro anjuman o‘tkaziladi, viloyatga dastlabki delegatsiyalar kelishi boshlandi
- 07.02.2024 12:27
- 300
- Samarqand
Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi #CMSCOP14 arafasida O‘zbekistonga yuqori darajadagi xorijiy delegatsiyalar kelmoqda.
CMS ijrochi kotibi Emi Frenkel 12–17 fevral kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan BMT global tadbirida ishtirok etish uchun birinchilardan bo‘lib tashrif buyurdi.
Samarqand aeroportida yuqori martabali mehmonni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov kutib oldi.
Ma’lumot uchun: E.Frenkel xalqaro ekologik huquq va siyosat sohasida 30 yillik tajribaga ega. U BMTning bir qancha agentliklarida, AQSh hukumatining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tarmoqlarida yuqori lavozimlarda ishlagan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa