Oziq-ovqat xavfsizligi: Unga erishish uchun nima qilish kerak?

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Ommaviy tadbirlarda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash” mavzusida soha mutaxassislari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar xodimlari uchun seminar-trening ish boshladi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi va Yevropa Ittifoqi hamkorligida tashkil etilgan “EU CBRN CoE Project 87” xalqaro loyihasi doirasida seminar o‘tkazildi.

Seminarning asosiy  maqsadi - O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning ommaviy tadbirlarda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilishning zamonaviy usullari bo‘yicha treninglar o‘tkazish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda xavfsizlik qoidalariga amal qilishning samarali usullari to‘g‘risida taqdimotlarni ommalashtirish.

Treningda  Yevropa Ittifoqining "EU CBRN SoYe Project 87’’ loyihasi oziq-ovqat  xavfsizligi bo‘yicha eksperti Jeki Gibney, Germaniyaning GIZ xalkaro tashkiloti eksperti Yan Leax, Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy xodimlar kasbiy malakasini rivojlantirish markazi professori Anatoliy Xudoyberganov, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining viloyat boshqarmasi mutaxassislari  va universitetning shu yo‘nalishdagi kafedrasi professoro‘qituvchilari ishtirok etdi. Ular mavzu bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi hamda muhokamalarga kirishdilar.

Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

 Gulchehra Berdiyorova.