Samarqandda yuk mashinasidagi 20 ta toy paxta yonib ketdi
- 02.10.2018 13:59
- 128
- Samarqand
![](https://static.zarnews.uz/crop/5/1/720__80_5159ca6d46e21a3c497595009cb41233.jpg?img=self&v=1589055803)
Samarqand viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in natijasida avtoulov yukxonasidagi 20 ta toy paxta yonib ketgan. Tuman yong‘in xavfsizligi bo‘linmasi voqea joyiga tungi soat 01:13 da yetib borgan. Yong‘in tungi soat 01:50 da to‘liq bartaraf etilgan.
Ayni vaqtda ushbu yong‘in sabablarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.