Samarqanddagi 6 ta soliq inspeksiyasiga yangi boshliq tayinlandi

Soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan 6 ta soliq inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlandi.

Buyruqqa ko‘ra:

➖Tolliyev Elyor Musurmanovich Urgut tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Samarqand shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi;

➖Eshmurotov Sherzod Sindarovich Payariq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Bulung‘ur tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi;

➖Kulmirzayev Akbarali Abduganiyevich Bulung‘ur tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Kattaqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi;

➖Rasulov Lochinbek Asatovich Samarqand shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Samarqand shahar soliq inspeksiyasi Sayyor soliq tekshiruvlari sho‘’basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi;

➖Turg‘unov Akbarali Abdisalomovich Kattaqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Paxtachi tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi;

➖Giyasov Akmaljon Sobirovich Paxtachi tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Narpay tumani soliq inspeksiyasi Kameral soliq tekshiruvlari sho‘’basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.