Samarqanddan besh nafar tibbiyot xodimi Prezident mukofotiga sazovor bo‘ldi
- 09.11.2025 18:42
- 586
- Salomatlik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bugun “Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" Farmon qabul qildi.
Mukofotlangan tibbiyot xodimlari orasida Samarqanddan quyidagilar bor:
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
G‘AFFOROV Isoqul Sayitqulovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Payariq tumani bo‘limi «Chelak» punkti haydovchisi
SUYaROVA Zebo Isroilovna - Nurobod tumani tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limi mudiri
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
SAFAROV Sunnatulla Sattorovich - Ishtixon tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri
«Sog‘lom turmush» medali bilan
YaXShILIKOVA Feruza Nuriddinovna - Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi
«Shuhrat» medali bilan
TEMIROVA Sevara Orifjon qizi - Qo‘shrabot tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi patronaj doyasi.