Samarqandga Germaniya Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasi tashrif buyurdi
Bugun viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Germaniya Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasini qabul qildi. Folker Trayer boshchiligidagi delegatsiya bilan turizm va tibbiyot sohalari hamda tekstil sanoatini rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib borildi. Mehmonlarga Samarqandning investitsion jozibadorligi va salohiyati bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Muzokara yakunida Samarqand va Germaniya tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishildi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Samarqand viloyatida Germaniya kompaniyalarining kapitali asosida 13 ta qo‘shma korxonalar muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.