Samarqandga tashrif buyurayotgan sayyohlar soni sezilarli oshdi
- 24.09.2021 17:00
- 90
- Sayohat
Karantin cheklovlarining yumshatilishi munosabati bilan Samarqandga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimi sezilarli darajada oshdi.
E-mehmon saytidagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, avgust oyida eng ko‘p tashrif buyurgan mamlakatlar fuqarolari orasida Rossiya - 1048 kishi, Turkiya - 652 kishi, Tojikiston - 540 kishi, Afg‘oniston - 226 kishi, Ispaniya - 225 kishi, Germaniya - 426 kishi, Qozog‘iston - 564 kishi , Pokiston - 585 kishi va boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan sayyohlar yetakchilik qilmoqda.
Bundan tashqari, viloyatda ichki turizm yuqori sur’atlarda rivojlanmoqda. Mahalliy sayyohlarning asosiy qismini Samarqand viloyatining qo‘shni tumanlari aholisi, shuningdek, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridan tashrif buyuruvchilar tashkil etdi.