O‘zbekistonga 500 ming dona Moderna vaksinasi olib kelindi

Viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshid Ochilov hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 500 ming dona Moderna vaksinasi olib kelingani aytildi. Vaksinaning ma’lum bir qismi Samarqand viloyatiga yetkaziladi. 

Matbuot anjumanida yanvar oyining dastlabki kunlaridan boshlab viloyatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish oshayotgani xabar qilingandi.

Mutasaddilarga ko‘ra, bugungi kunda koronavirus xastaligi bilan chalingan bemorlarga tarqatish uchun viloyat cog‘liqni saqlash boshqarmasi zaxirasida qariyb 1 milliard so‘mlik 49 turdagi dori vositalari va 38 986 ta “Covid-box” aptechkalar zaxirasi mavjud.