Samarqandlik jasur fidoyi Halim Karimzoda kim bo‘lgan?
Mazkur xonadonning yana bir vakili Karim Karimiy bo‘lib, u dastlabki ta’limni amakisi Hakim Karimzodadan olgan. Keyinchalik Karim Karimiy jurnalist sifatida tanilib, "Lenin yo‘li" (hozirgi "Zarafshon") tahririyatida 1930 yildan Ikkinchi jahon urushi tugagunga qadar faoliyat ko‘rsatgan. Haroratli she’rlar yozgan. O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalarining a’zosi K.Karimiy g‘oyat qisqa, atigi 33 yil umr ko‘rgan bo‘lsa-da, ana shu davr jurnalist va ijodkor uchun katta maktab vazifasini o‘tadi.
Halim Karimzodaning o‘g‘li Muhammadrahim Halimov, kelini Mo‘mina Musinova ham ma’rifat yo‘lidan borib, uzoq yillar yoshlarga saboq berdilar, o‘zlaridan ezgu a’mollar qoldirdilar.
Yaqinda ana shu ma’rifatparvarlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida ular istiqomat qilgan xonadon peshtoqiga yodgorlik lavhasi o‘rnatildi.
To‘planganlar ma’naviyatimizni boyitishga munosib hissa qo‘shgan sulola xizmatini e’tirof etdilar, ular bosib o‘tgan yo‘l yoshlar uchun ibrat maktabi bo‘lishini ta’kidladilar.
Adham HAYITOV.