Samarqandlik ko‘ngillilar Yangi yil bayrami arafasida kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatdi
- 14.12.2019 16:11
- 239
- Jamiyat
Samarqandda bir guruh ko‘ngillilar Yangi yil bayrami oldidan 24 ta kam ta’minlangan oila vakillariga oziq-ovqat mahsulotlari ulashdi. “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning xabar berishicha, mazkur tashabbus chorrahada, ko‘cha-kuyda tilanchilik qilib o‘tirganlarga yordam berish maqsadida tashkil etilgan.
– Samarqand shahridagi “Xo‘ja Abdu Darun” jome masjidi chorrahasida tilanchilik qilib o‘tirgan ayolni ko‘rdik, - deydi ko‘ngillilardan biri. - Ijarada yashaydigan ayolning o‘g‘li og‘ir xastalikka chalinibdi. Uni davolash uchun pulga muhtoj ekan. Bir qator ko‘ngillilar birlashib, ayolga 350 ming so‘m va yana 300 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari olib berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘ngillilar tomonidan 24 nafar yurtdoshimizning ham biriga 300 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari hamda 50 ming so‘mdan pul berilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- 2 soat avval
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- 2 soat avval
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa