Samarqandlik maktab bitiruvchisi O‘zbekistondagi eng yosh IELTS 9,0 sohibiga aylandi
2004 yilda tug‘ilgan Samarqand shahar 43-IDUM bitiruvchisi Suhrob Murodov IELTS imtihonida eng yuqori natija – 9,0 ballni qo‘lga kiritdi va IELTS imtihonidan 9,0 ballni kiritgan eng yosh (19 yosh) o‘zbekistonlikka aylandi.
S.Murodov 2021 yil mart oyida allaqachon mavqei IELTSdan kam bo‘lmagan C2 Proficiency imtihonini topshirib, IELTS 9,0 ga teng bo‘lgan natija qayd etgandi.
- IELTS imtihonidan 9,0 ball olish qiyindek ko‘rinishi mumkin, lekin hozirgi kunda xorijiy tillar, jumladan, ingliz tilini o‘rganishga berilayotgan e’tibor biz kabi yoshlarning til o‘rganishga ishtiyoqimizni oshirib bormoqda, - deydi Suhrobning o‘zi.
Xalqaro ekspert, O‘zbekistondan birinchi bo‘lib Kembridj universitetining DELTA (Diploma of English Language Teaching to Adults)ni qo‘lga kiritgan Muhammadxon Soliyevning aytishicha, hozirgi kunda odatda faqatgina xorijiy til o‘qituvchilari va IELTS instruktorlarigina S2 yoki IELTS 9,0 ball oladi. Suhrob 11-sinfda o‘qigan paytidayoq S2 hamda IDUM o‘quvchisi bo‘la turib, IELTSdan bunaqa yuqori natijalarni qayd etgani quvonarli hol. O‘ylaymanki, yaqin orada Suhrobga o‘xshagan yoshlarimiz soni oshadi.