Samarqandlik olim Chingiz Aytmatov medaliga sazovor bo‘ldi
Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining birinchi prorektori, taniqli turkolog-olim Jo‘liboy Eltazarov Turkiy davlatlar tashkiloti huzuridagi Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti -TURKSOY tomonidan ta’sis etilgan Chingiz Aytmatov medali bilan taqdirlandi.
TURKSOYning Anqaradagi markaziy ofisidagi yig‘inda tashkilot boshqaruvi raisi o‘rinbosari Bilal Chakiji ushbu medalni J.Eltazarovga topshirar ekan, uning turkiy xalqlar tili, madaniyati, an’ana va qadriyatlarini o‘rganish va keng targ‘ib etishdagi xizmatlarini e’tirof etdi.
O‘zbekistonlik olim dunyo va turkiy adabiyotning buyuk namoyandasi Chingiz Aytmatov nomi bilan ataluvchi ushbu medalga turkiy til, madaniyat va san’atni chet ellarda targ‘ib qilish hamda turkiy xalqlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.