Samarqandlik sambochi Dilmurod Do‘stmurodov jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi

11-14 oktyabr kunlari Kipr davlatining Larnaka shahrida yoshlar, o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida sambo bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

33 mamlakatdan 570 nafardan ziyod sportchi ishtirok etgan chempionatda O‘zbekiston terma jamoamiz a’zolari 2 ta oltin, 4 ta kumush va 10 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.

Musobaqada samarqandlik sambochi Dilmurod Do‘stmurodov jahon chempionati bronza medali sohibi bo‘ldi.

Bugun Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi, viloyat sport boshqarmasi mas’ullari hamda sportchilarning yaqinlari terma jamoamiz a’zolarini tantanali kutib olishdi.