Samarqandlik tadbirkorlar yanvar-fevral oylarida 1,8 million dollarlik oyoq kiyimlar eksport qilgan

Ushbu muddatda respublika hududlari ichida xorijga eng ko‘p Anjidon oyoq kiyim eksport qilgan bo‘lsa (2 mln. dollar), Samarqand viloyati 1,8 mln. dollarlik ko‘rsatkich bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Shuningdek, bu davrda Farg‘ona viloyatidan 1,1 mln., Toshkent viloyatidan 221 ming va Namangan viloyatidan 183 ming AQSh dollarilik poyabzal eksport qilingan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yilning yanvar-fevral oylarida jami 12 ta xorijiy davlatga qiymati 5,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,5 mln. juft oyoq kiyimlar eksport qilgan.

O‘zbekistondan eng ko‘p oyoq kiyim xarid qilgan davlatlar quyidagilar:

🔷 Qirg‘iz R. – 2,5 mln. juft
🔷 Tojikiston – 598 246 juft
🔷 Qozog‘iston – 291 345 juft
🔷 Rossiya – 77 373 juft
🔷 Moldova – 26 896 juft
🔷 Gruziya – 10 836 juft