Samarqandlik yoshlar “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika bosqichida birinchi o‘rinni egalladi

Mahalla yoshlari o‘rtasida joriy yilgi “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari 4 aprelda boshlangan edi. Sport, madaniyat, san’at, kitobxonlik, axborot texnologiyalari va kasblar tanlovi bo‘yicha 19 yo‘nalishda 393 ming 134 nafar samarqandlik yoshlar musobaqalarning mahalla, sektor, tuman (shahar) va viloyat bosqichlarida bellashib, 309 nafari respublika yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

- Olimpiadaning respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qilgan yoshlar sport musobaqalarida 17 ta oltin, 9 ta kumush, 12 ta bronza, medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi, - deydi Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ro‘ziyev. – “A” liga bahslarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 11 ta mahallaga universal sport maydonchasi, “B” ligada birinchi o‘rinni egallagan 4 ta mahallaga Street Workout va “S” ligada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 1 ta mahallaga Workout maydonchalari barpo etilishi belgilandi.

Jumladan, Paxtachi, Oqdaryo, Urgut tumanlarida ikkitadan, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon, Qo‘shrabot, Toyloq, Narpay, Past Darg‘om va Jomboy tumanilarida bittadan sport maydonchalari quriladi.