Samarqandlik “Zulfiya”lar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 martda qabul qilingan “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori bilan a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun 28 nafar iqtidorli qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Ular orasida viloyatimizdan quyidagilar bor:
Musulmonova Kamola Xusniddin qizi - Samarqand davlat universitetining 2-bosqich magistranti
Usmanova Nurinisso Olimovna - Samarqand davlat universitetining 1-bosqich talabasi
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshiriladi. Shuningdek, ularning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.