Samarqandning eng iqtidorli yosh bank xodimlari ma’lum bo‘ldi
2019 yil - “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi doirasida viloyatdagi yosh bank xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Eng iqtidorli yosh bank xodimi-2019” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Samarqand shahridagi yoshlar markazida tashkil etilgan tanlovda viloyatdagi Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi hamda 18 ta tijorat bankining 30 yoshga to‘lmagan iqtidorli yosh xodimlari savol-javob, kalit so‘zlar yordamida mantiqiy jumlalar tuzish va erkin mavzu shartlari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, “Aziya Alyans bank” Samarqand filiali xodimi Jahongir Do‘stbekov gran-pri sovriniga sazovor bo‘ldi. Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi xodimi Behruz Xudoyorov birinchi o‘rinni egalladi.
G‘oliblarga tashkilotchilar - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi, Markaziy bank, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Samarqand viloyati hokimligining sovg‘alari topshirildi.
O‘ktam XUDOYBERDIYEV.