Bank mutasaddilari universitet talabalari bilan uchrashdi
Viloyat bank idoralari rahbarlari ilm-fan Samarqand davlat universiteti talabalari bilan uchrashdi.
Boshqarmaning yoshlar bilan ishlashga doir chora-tadbirlar rejasiga muvofiq o‘tkazilgan uchrashuvda Markaziy bank Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i Q.Sobirov, “Aziya alyans bank”, “Mikrokreditbank” viloyat filiali boshqaruvchilari A.Toshev, B.Hasanov ishtirok etdi.
Tadbirda bank tizimida amalga oshirilayotgan isohotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar, nazariya va amaliyotni integratsiyalash, o‘quv dasturiga kiritilgan iqtisodiy fan darslarini katta bilim va tajribaga ega bo‘lgan bank mutaxassislari ishtirokida, talabalarning o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotini banklarda o‘tkazish, ular ishtirokida tijorat banklari, yirik ishlab chiqarish korxonalarida ekskursiyalar tashkil etish masalalari xususida so‘z yuritildi.
Banklar tomonidan taklif etilayotgan bank xizmatlari bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etildi. Iqtidorli talabalarga kitob to‘plamlari sovg‘a qilindi.