Markaziy bank xodimlarining kasbiy savodxonligini sinovdan o‘tkazdi
Joriy yilning mart oyida “Eng iqtidorli yosh bank xodimi - 2020” tanlovining ikkinchi bosqich test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi va Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan edi.
Unda ishtirokchilar “onlayn” rejimda akademiyaning masofaviy ta’lim dasturiy manbalariga bog‘langan holda mantiqiy fikrlash, yechimlar orasidan maqbulini tezkor topish, intellektual salohiyat hamda ma’lumotlarni tizimli tahlil qilish, xorijiy til savodxonligi bo‘yicha testdan o‘tishgandi.
Pandemiya sababli, biroz tanaffusdan keyin hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mazkur tanlovning navbatdagi bosqichi tashkil etildi. Bu safar yosh bankchilarning bank ishi bo‘yicha kasbiy savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.
Ikki bosqich natijalariga ko‘ra, 120 nafar xodim orasidan har bir bankdan eng yuqori ball to‘plagan 19 nafar ishtirokchi finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi axborot xizmati.