Samarqandning iqtisodiy o‘sish nuqtalari belgilandi: 2-o‘sish nuqtasi
“Bu yo‘nalish farmatsevtika sohasini rivojlantirish asosida belgilangan, - deydi Dilshod Shakarboyev. - Hozirda bu yo‘nalishda 11 ta korxona faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, 176,7 million dollarlik tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlari import qilinmoqda.
Ushbu sohani yanada rivojlantirish, innovatsion texnologiyalar asosida tibbiyot standartlariga javob beradigan meditsina vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda. Tibbiyot vositalariga bo‘lgan yuqori talabni hisobga olib, hududiy rivojlantirish dasturlari doirasida qiymati 436,9 milliard so‘mlik 5 ta loyiha amalga oshiriladi. Natijada 700 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi, import o‘rnini bosuvchi 3,5 million dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi.
Masalan, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida “Fortuna Urgut medical" MChJ tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar, "Libellius pharm" MChJ tomonidan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.