Samarqandning Qorasuv, Shirin va vokzal orti hududlarida «renovatsiya» tamoyili asosida ko‘p qavatli uylar quriladi
- Bizda yangi shahar qurish tajribasi bor, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Andijonda odam ko‘p, shu sababli shahar yaqinida butkul boshqa shahar qurish bo‘yicha ish olib boryapmiz. Samarqandda ham shu tashabbusni amalga oshiramiz.
Samarqand shahar aholisini uy-joy bilan ta’minlash ishlarini davom ettirib, shaharning Qorasuv, Shirin va vokzal orti hududlarida «renovatsiya» tamoyili asosida zamonaviy turar-joylar barpo etiladi.
Xususan, joriy yilda Qorasuv massivida 3 ming 500 ta xonadonli 29 ta 16 va 25 qavatli uylar foydalanishga topshiriladi.
Vokzal orti hududidagi 3 mingga yaqin eski hovlilar o‘rnida, 100 mingdan ortiq aholi uchun ko‘p qavatli zamonaviy uylar quriladi.
Bu o‘rinda eski hovlilarda yashayotgan aholi xavotir olishiga hech qanday asos bo‘lmasligi kerak. Hammaga kompensatsiya to‘lanadi, uy joy egalari rozi qilinadi.
Shirin massivida 90 ming nafar aholiga mo‘ljallangan shaharchani barpo etish orqali, parklar va dam olish maskanlarini qurish ishlari boshlanadi.