Samarqandning uchta tumanidagi 18 ta umumta’lim maktabida baholash reyting sinovlari o‘tkazildi
Milliy reytingning birinchi indikatori bo‘yicha viloyatdagi maktablarida sinovlar o‘tkazish jarayoni boshlandi.
Jarayonning birinchi kunida Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi tumani va Kattaqo‘rg‘on shahridagi 18 ta umumta’lim maktablarida umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash jarayoniga oid nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazildi.
Nazorat materiallari va so‘rovnoma savollari malakali mutaxassislar hamda ekspertlar ishtirokida tuzilgan bo‘lib, maktablar reytingini aniqlashga doir kreativlik va mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan.
Nazorat ishlari ona tili va adabiyoti, matematika va kimyo fanlaridan olinmoqda. Shuningdek, o‘quvchilar va o‘qituvchilar ishtirokida ijtimoiy so‘rovnomalar ham tashkil etilmoqda.