“Samarqandshahargaz” mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Yoqilg‘i - energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, “Samarqandshahargaz” gaz ta’minot bo‘limi mansabdor shaxslari mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib sharoit yaratib berganliklari natijasida, Samarqand shahridagi “S.N” MChJ rahbari A.M va “X.S” MChJ jamiyatga qarashli to‘yxonadagi gaz jihozlarini tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanganliklari oqibatida jami 512,4 ming metr kub. 768,6 mln. so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan “S.N” MChJ rahbari A.M va “X.S” MChJ mansabdor shaxslariga Jinoyat kodeksining 169-moddasi va “Samarqandshahargaz” gaz ta’minot bo‘limi mansabdor shaxslariga Jinoyat kodeksining 205-moddasi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.