SamDChTI rektori: «Xorijlik talabalar soni sezilarli darajada oshishi kutilmoqda»

Bu aloqalar samarasida 2008 yildan buyon institutimizga xorijiy fuqarolarni ham talabalikka qabul qilib kelyapmiz. Hozirda to‘rt nafar xorijlik talaba tahsil olmoqda. Shu kunlarda normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida "Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida"gi qaror loyihasi e’lon qilingan. Unga ko‘ra, xorijliklarni o‘qishga qabul qilish ancha soddalashtiriladi. Ya’ni, xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga oliy ta’lim muassasasiga ajratilgan kvotadan tashqari suhbat asosida, test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur hujjatga muvofiq mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida xorijlik talabalar soni sezilarli darajada oshishi kutilmoqda.

Ayni kunlarda professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan chet eldagi hamkor oliygohlarda mamlakatimiz ta’lim tizimidagi islohotlar, 2018-2019 o‘quv yiliga qabul jarayonlari bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda yaqinda institutimiz professori Sh.Safarov Moskva davlat lingvistika hamda A.S.Pushkin nomidagi rus tili universitetlariga safarga yuborildi.

Bundan tashqari, veb-saytimizda xorijliklar uchun bakalavriat, magistratura mutaxassisligida ta’lim olish shartlari hamda qiziquvchilar uchun "O‘zbek tili va adabiyoti til kurslari" to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib borilmoqda.

Joriy yilning iyul-avgust oylarida koreyalik talabalarga, sentyabr-oktyabrda germaniyalik talabalar uchun "O‘zbek tili va adabiyoti, qadimiy va navqiron Samarqand" nomli til kursi, xorijiy fuqarolar uchun qisqa va uzoq muddatli o‘quv kurslari tashkil etish niyatidamiz.
Xorijlik fuqarolarni o‘qishga qabul qilish mamlakatga valyuta tushumlarini ko‘paytirish barobarida, ta’lim muassasasining xalqaro miqyosdagi reytingi, nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Ilhomjon TO‘XTASINOV,
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori.