SamDTI fuqarolar murojaatlari bilan ishlovchi Call center tashkil etdi

Covid-19 koronavirusi pandemiyasi dunyo miqyosida va mamlakatimizda shifokorlar maslahatiga bo‘lgan talabning ortishiga olib keldi. Karantin davrida Samarqand viloyatidagi barcha tibbiyot muassasalariga fuqarolarimizdan kelib tushayotgan turli murojaatlarning oshgani ham bundan dalolat bermoqda.

Samarqand davlat tibbiyot institutida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va shu orqali kassalliklarni tezkor aniqlashni joriy qilish hamda samarali davolash choralarini kuchaytirish maqsadida Call center tashkil etildi.

SamDTI ko‘ngilli yoshlari va yosh o‘qituvchilari faoliyat yuritadigan Call center’da 66 233-08-41 telefon raqami orqali murojaatlar 24 soat davomida qabul qilinadi. 

SamDTI matbuot xizmati.