SamDU huquqshunoslik fakultetiga bu yil 50 nafar abituriyent o‘qishga qabul qilinadi

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan 2020-2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlariga ko‘ra, Samarqand davlat universitetiga 50 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3325 nafar abituriyent (763 nafari davlat granti, 2562 nafari to‘lov-shartnoma asosida) o‘qishga qabul qilinadi.

  Jumladan, bu yil tashkil etilgan yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishida 50 (5 ta davlat granti, 45 ta to‘lov-shartnoma) o‘rin ajratilgan.