SamVMI Latviyada qo‘shma dastur bo‘yicha shartnoma imzoladi

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti rektori boshchiligidagi delegatsiya Latviyaga yo‘l oldi.

Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti rektori, professor Irina Pilverening taklifiga asosan amalga oshirilgan mazkur tashrif davomida tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlari ijrosi muhokama etilishi, qo‘shma dastur asosida “Oziq-ovqat sifati va innovatsiyalar” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar  o‘tkaziladi. Shuningdek, ikki ta’lim muassasalari  professor-o‘qituvchilarining ma’ruzalar o‘qishi, malaka oshirish bo‘yicha hamkorlik, hammualliflikda yangi avlod darsliklarini yaratish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish yuzasidan kelishuvlarga erishish nazarda tutilgan.

Tashrifning ilk kuni oliygoh rektorlar o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab muassasalar bilan 2+2 dasturi asosida “Oziq-ovqat xavfsizligi va innovatsiyalar” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish bo‘yicha shartnoma loyihasi muhokama qilindi. Tomonlardan bildirilgan takliflarni inobatga olingan holda hamkorlik shartnomasi imzolandi.

SamVMI axborot xizmati.