Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Shodiyev Jasurbek Mamarayimovich bugun, 27 dekabrdan Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

J.Shodiyev mazkur tayinlovga qadar Narpay tumani hokimining birinchi o‘rinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib faoliyat olib borgan.

Shu paytgacha Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan Sherzod Qudratov Oqdaryo tumani hokimi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.