Savr savrligini qildi: oldinda issiq kunlar

Momoqaldiroq, sel, gohida jala quyadigan pallalar ancha kech boshlandi. May oyi o‘rtalariga qadar momoqaldiroq kuzatilmagan bo‘lsa-da, ahyon-ahyonda yomg‘ir yog‘di. Biroq savr savrligini qildi. Oyning ikkinchi yarmida viloyatimizning ayrim joylarida sel kelib, hududlarga jiddiy ziyon yetkazdi.
– 23-26 may kunlari havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, – deydi viloyat gidrometeorologiya boshqarmasi boshlig‘i Vagif Mirzayev. – Shamol sharqdan 7-12 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 23 mayda 27-32 daraja, 24-26 mayda 32-37 darajagacha issiq bo‘ladi.
Savr tugab, javzo kirdi. Demak, endi issiq kunlar boshlandi.
A.ISKANDAROV.