Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Saxovat – inson ziynati: Markazga tushgan xayriya mablag‘lari 1 milliard so‘mdan oshdi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi qoshida tashkil qilingan “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi”dan kishini xursand qiladigan xabarlar kelishda davom etmoqda.

Xalqimizda “Saxiyning o‘ng qo‘li berar, chap qo‘li bilmas”, degan maqol bor. Oddiy, ammo shu kunlarda o‘zining asl ma’nosini yuzaga chiqarayotgan mazkur maqolga amal qilayotgan yurtdoshlarimiz oz emas.

7 aprel kuni ayrim saxovatli yurtdoshlarimiz xayriya mablag‘larini uyidan turib Uzcard plastik kartalari orqali qariyb 6 million so‘m, Xumo kartalari vositasida esa 475 ming so‘m o‘tkazib berishdi.

Shuningdek, Tohir Malikov (1 million so‘m), Feruza Jabborova (100 ming so‘m), Samariddin Eshquvvatov (50 ming so‘m), Mustafo Xo‘jaqulov (10 million so‘m) kabi yurtdoshlarimiz shaxsiy jamg‘armasidan munosib ehson qilishgan.

***

O‘zgalar yordamiga muhtoj bo‘lib turgan insonlarga beg‘araz homiylik qilish istagini bildirgan biznes vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari, jumladan, “Baxt” xususiy korxonasi 5 million so‘m, “Ziyovuddin textil” mas’uliyati cheklangan jamiyati 40 million so‘m, “Saliev Qobiljon Muxammadievich” fermer xo‘jaligi 5 million so‘m, “Narpay Agromir” fermer xo‘jaligi 1 million so‘m, “Omonboy Farmonov” fermer xo‘jaligi (Ishtixon tumani) 10 million so‘m hadya etishgan.

Shuningdek, quyidagi tashkilotlar ham saxiyliklarini namoyon qilishdi:

ZITXB huzuridagi NS va EB – 5 million so‘m.

Toyloq olimpiya zaxiralari kasb-hunar kolleji – 5 million so‘m;

Bolalar va o‘smirlar sport maktabi – 1 million 370 ming so‘m;

Urgut tumanidagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabi – 981 ming so‘m;

“InFinBANK” ATB viloyat filiali – 5 million so‘m;

“Oriyent finans banki” XAT Samarqand filiali – 10 million so‘m;

“Trastbank" XA bankining Samarqand filiali - 3 million 800 ming so‘m;

“Asia Alliance bank” ATB Samarqand filiali – 5 million so‘m;

AT "Aloqabank" Samarqand filiali – 5 million 448 ming so‘m;

Samarqand shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi – 700 ming so‘m;

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining viloyat hududiy boshqarmasi – 2 million so‘m;

“O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati Samarqand filiali – 2 million 400 ming so‘m;

Samarqand viloyati hokimligi IK – 6 million 900 ming so‘m.

***

Bundan tashqari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Narpay (322 ming so‘m), Jomboy (318 ming so‘m), Paxtachi (314 ming so‘m), Kattaqo‘rg‘on (375 ming so‘m), Samarqand (318 ming so‘m), Oqdaryo (301 ming so‘m), Urgut tumanlari (659 ming so‘m), Samarqand shahri (375 ming so‘m) hamda viloyat kengashi (2 million 200 ming so‘m) jamoalari ham munosib hissa qo‘shdi.

Oy boshidan buyon homiylik xayriyalaridan tushgan mablag‘ 1 milliard 82 million 800 ming so‘mdan oshdi.

Saxovatpesha yurtdoshlarimiz tomonidan homiylik xayriya mablag‘larini o‘tkazish davom etayapti.

Bu xayrli ishni siz ham amalga oshirishingiz mumkin. Zero, azal-azaldan xayr-saxovat insonning ziynati sanalgan.