“Saxovat” uyida yashovchi pensionerning pensiyasi 20 foizgacha oshiriladi
2021 yil 25 martda “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi.
Bundan tashqari, 2021 yilning 1 aprelidan “Saxovat” internat uylari hamda urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida yashovchi yolg‘iz pensionerlarga shaxsiy sarf-xarajatlari uchun kamida to‘lanadigan oylik pensiyalar miqdori 10 foizdan 20 foizgacha oshiriladigan bo‘ldi.
Misol uchun, “Saxovat” uyida yashovchi pensionerning “Saxovat” uyiga ko‘chib kelgunga qadar 1 545 600 so‘m pensiya olgan, ko‘chib kelgandan so‘ng unga “Fuqarolarga davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunning 60-moddasiga asosan pensiya to‘lovi 10 foiz miqdorida amalga oshirilgan, ya’ni 154 560 ga so‘m to‘lana boshlangan.
Ushbu Farmon asosida unga to‘lanadigan pensiya miqdori 20 foizga o‘zgartiriladi va 2021 yilning 1 aprelidan boshlab 309 120 so‘m miqdorida to‘lana boshlanadi.
D.Tursunqulova,
Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassisi.