Sayyor qabul: MIBga qilingan murojaatlar qanday hal etilyapti?
Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi boshlig‘i S.Jabborov hamda boshqarma mutaxassislari ishtirokida Samarqand shahrining “Yuqori Xo‘jasoat” mahalla markazida Samarqand shahar aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosi bilan bog‘liq muammolar hamda aliment undirish masalalari bo‘yicha murojaatlar tinglanib, ularning yechimi izlandi.
Jumladan, sayyor qabulda murojaatlarning asosiy qismi aliment undirish, qolganlari esa uy-joy masalasi, qarz undirish va cheklov bo‘yicha masalalarni tashkil etdi. Ushbu murojaatlar alohida nazoratga olinib, ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, sayyor qabulda hayrli ishlarga ham qo‘l urilib, ikki oila shu yerning o‘zida tiklandi. Jumladan, Ozod Muhammadiyev va Shahzoda Rashidovalar sayyor qabulda tushuntirishlardan xulosa chiqarib, yarashishga qaror qildi.
Rustam Xo‘jaqulov.