Sayyoralarning biz bilmagan siri
Marsda nima gap?
Taniqli Tayvan ufoligi Skott Uoring Mars suratida navbatdagi shov-shov - allaqanday “qulbola” ob’yektni aniqladi. Bu safar uning sinchikov nigohi qadimiy ulkan ehromga tushdi. Uning qirralari uzunligi oz emas, ko‘p emas, naq 5 kilometr. Uoring o‘z kashfiyotini kosmik ob’yektlar suratlarini kattalashtirish orqali kashf etdi.
Marsoxod Curiosity tomonidan qizil sayyorada olingan keyingi suratlardan birida g‘alati tasvir ko‘zga tashlandi: tepalik qiyaligidagi qoyalarda mukammal o‘yilgan eshik tuynuklari ko‘rinardi. Surat 2022 yil 1 mayda Franton Grinxyu sifatida ma’lum ob’yektda kamera yordamida tasvirga olingan.
Saturndagi ulkan ob’yekt
Saturn sayyorasi hududida olimlar ulkan ob’yektni aniqlashdi. Uning hajmi Oy bilan teng, ammo Saturn atrofida aylanmaydi. Aksincha, qutb hududi kengliklarida sekin ko‘tariladi. Ob’yekt uzun va ingichka. Uning harakatlanish tezligi va shakli yulduz uchishini eslatadi.
Tog‘aymurod ShOMURODOV tayyorladi.