“Sehrli barmoqlar”da bir olam ma’no bor

Hunarmandchilik va amaliy san’at inson qo‘li va qalbi bilan yaratilgan mo‘’jiza. U xalqning ruhiy boyligi va madaniyatinini o‘zida mujassamlashtiradi.

Jumladan, Samarqand chinnisi va amaliy san’at namunalari yurtimiz hunarmandchiligini aks ettiruvchi bebaho merosdir. Shunday san’at namunaliran biri Samarqand shahridagi galereyada Mohtob Turdiyeva va Abduvali Nabiyevning “Sehirli barmoqlar” nomli ko‘rgazmasida namoyish etildi.

- Mohtob Turdiyeva tomonidan yaratilgan chinni namunalari o‘zbek xalqining deyarli barcha xonadonlariga kirib borgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi, - deydi respublika "Hunarmand" uyushmasi raisi maslahatchisi Akobir Hakimov. - Ijodkorning chinniga rang berishda naqshlarning betakrorligi nafisligi bilan boshqa ijodkorlardan ajralib turadi. Naqshlar asosan geometrik va o‘simliksimon elementlardan iborat bo‘lib, ko‘k, oq, yashil va qizil ranglar ustunlik qiladi. Idishlarning usti maxsus sir bilan qoplanadi, bu esa ularni nafaqat go‘zal, balki mustahkam qiladi.

Abduvali Nabiyev esa amaliy san’at ustasi - mayolika uslubida ijod qilib, sirlangan sopol buyumlarni rang-barang naqshlar bilan tasvirlab, me’morchilik yodgorliklarining bezak elementlari sifatida ham keng qo‘llab kelmoqda. Ijodkorning yutug‘i shundaki, eski mayolika an’analarini bugungi kungacha davom ettirib, juda ko‘plab arxitektura yodgorliklarini bezashda jonbozlik ko‘rsatmoqda.
Ko‘rgazma davom etmoqda.