Senat raisi SamDU Urgut filiali yoshlari bilan uchrashdi
- Bir necha yil oldin Urgut tumaniga kelgandim, - deydi T.Norboyeva. - Yo‘llar juda abgor edi. Bugun yo‘llar ravon, mahallalar obod bo‘libdi. Tumanda katta ishlab chiqarish korxonalarining barpo etilgani ham xalqning farovon turmush tarzidan darak.
SamDUning Urgut filialining ochilishiga sabab ota-onalar qizlarini uzoqqa o‘qishga yubormas ekan, shuning uchun salohiyat tushib ketgan ekan. Qizlarimiz farzandlarini bilim bilan tarbiyalash kerak. Ushbu oliygohdan yetuk mutaxassislar chiqishiga ishonaman.
Senat raisi oliy ta’lim muassasasi talabalariga referendum, qonunchilikda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, gender masalasi haqida gapirdi.
Uchrashuvda talaba-yoshlar fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.
Shuningdek, T.Norboyeva tumandagi "Pulse Medikal" MChJga qarashli tibbiy xizmat markazida ham bo‘ldi.
Mazkur 80 o‘rinli tibbiyot markazi 2 million dollar evaziga tadbirkor tomonidan qurilib, joriy yilning birinchi choragida faoliyat boshlagan. Unda UZI, akusher-genekolog, lor, nevroxirurgiya, urolog, kopyuter tomografiyasi, jarrohlik kabi bo‘limlar mavjud.
Zamonaviy jihozlangan tibbiyot markazida bemorlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.